среда, 3 февраля 2016 г.

IJOD UFQLARI


Habibulla ABDULLAYEV — benazir iste’dod sohibi. Uning samimiy satrlari Sizga o‘zgacha ruhiyat, quvonch va tabiiy hislarni baxsh etadi. Ijod namunalarini o‘qir ekansiz, baho berishga shoshilasiz, darhol ko‘z oldingizga yosh oshiqning dil izhorlari gavdalanadi va yana o‘yga tolasiz… Chunki, topilmalari Sizga tinchlik bermaydi, yana qayta vaqtingiz kanda qilmay o‘qib chiqasiz. Bu safar esa o‘zga… ha, o‘zga hissiyot. Navqiron yigitning o‘ychan nigohini tuyasiz:


                                         
N-ozanin yonimda noz ila tursa,
I-zmida hofizlar soz ila tursa.
G-ul bahor oshig‘i yoz ila tursa,
O-l labin ohista o‘pmasmanmu men.
R-ohiga chechaklar to‘kmasmanmu men,
A-lifdek qomati g‘oz ila tursa.
              *******     ********
Tangrining nazari tushgan har zamin,
Oftobning mehrila yorishar har tong.
Ul tongda Ollohga shukrona o‘qib,
Duoga qo‘l ochib uyg‘onar inson.
               *******     *******
Par yostiqda jimgina,
Uxlab yotar bir qizcha.
O‘shal go‘zal aslida,
Ko‘nglimdagi yulduzcha.
Goh tamshanar lablari,
Bolga to‘lgan singari.
Ko‘zlariga berkingan,
Muhabbatning sirlari.
Uyg‘ona qol, bir kulib,
Yuzlaringdan o‘payin.
Ko‘zlaringga tikilib,
Sirlaringni topayin.
Shu lahzada nigohing,
Qadagin men tomonga.
O‘tinaman she’rimni,
Burmagin sen yomonga.
Mening navqiron sevgim,
Yetar ikkalamizga.
Rozi bo‘lsang ey gulim,
Biz baxtli bo‘larmizda.
           *******      ********
S-enga bo‘lsin eng oliy tilak,
A-do bo‘lmas baxtning makoni.
D-ardlar seni topolmay halak,
O-q bulutda kezsin samoni.
              *******      *******
Gulim seni sog‘inganim rost,
Ishonmassan balki so‘zimga.
Gul nigohing olganda qasos,
Yosh to‘ladi g‘amgin ko‘zimga.
Aytgin gulim ne foyda axir,
Hijron o‘tin qalbda yoqmoqdan.
Rashk gulini sovg‘a qilib sen,
O‘zgalarga kulib boqmoqdan.
Mayli kutay so‘ngi damgacha,
She’rlar yozay oshiqlarga xos.
Erta tongdan qaro shomgacha,
Gulim seni sog‘inganim rost.
              ******    ******
M-usulmon xalqida bordir bir maqol,
A-yoling urmagil zinhor va zinhor.
H-ayoting nazmida bo‘lsa ul timsol,
B-axshida aylagay senga zo‘r nihol.
U-nutma so‘zimni bandai Bilol
B-ehuda emasdir ushbu so‘z, maqol,
A-yoling urmagil zinhor va zinhor.
         ******     ******
 Yor vaslingni sog‘inib,
Qon yig‘laydi ko‘zlarim.
Jon talashar o‘rtanib,
Yaralangan yuragim.
Ne qilayin endi yor,
Jonga yetdi ko‘p ozor.
Bo‘lmasa ham keragim,
Ko‘ngil sendan umidvor.
Ishongin, eh ishongin,
Yolg‘on emas chin so‘zim.
Sensiz o‘tgan har tongdin,
Or qiladi juft ko‘zim.
Yaralangan yuragim,
Mayli yulib tashlayman.
Bu dunyoda go‘zalim,
Seni deya yashayman.
*******     ********
S-evgi samosida uchgan hayolim,
A-ynidi bir zumda beo‘xshov tushday.
Y-orga ko‘zgu bo‘lgan yorqin hilolim,
Y-ig‘laydi qanotsiz beozor qushday.
O-xirlab qolganday sanoqli umrim,
R-ozilik so‘rayman hayotiy burchday.
A-lhol yashamoqdan umidim bisyor,
X-atarli bo‘lsada bu umr karvonim.
O-shiq yuragimni pichoqsiz so‘yib,
N-ihoya topmasin yigitlik onim.

Комментариев нет:

Отправить комментарий