Tog’oynazar Abdimo’minov she'riyatga mehri baland, kuzatuvlari va iste'dodi ijodida asos bo'lib xizmat qilayotgan ijodkor. Ijod namunalarini o'qiy turib, Siz samimiy satrlarga, go'zal va betakror tashbehlarga duch kelasiz.
*
* * *
*
Ey do’stim! muxabbat
aslida nima?
Osmondagi chaqmoq
qalbdagi so’qmoq
Ey do’stim! muxabbat
aslida nima?
Yurakni yig’latmoq , dilni og’ritmoq.
Ey do’stim quloq sol sevgi so’ziga
Bir bora qarab boq yoring ko’ziga
Ey do’stim adashma taqdir yo’lingda
Yolg’on sevgilar ko’p,o’ngu so’lingda
Ey do’stim aslida yuraging bitta
Haqiqiy muxabbat sof sevgi bitta
Hech qachon adashma visol yo’lidan
Doimo mahkam tut yoring qo’lidan
*
* * *
*
Xayolda osmonga uchaman goho
Kimdir yuragimga nayza sanchadi,
Qanoti egilgan mayib qush kabi
Hasta yuragimni battar yanchadi.
Dardimni qo’zg’aydi yana ishq vasli
Vasliga talpinib yasharman hamon
Yuragim yig’latgan o’zingsan asli
Qiynoqqa chidolmay bo’ldim-ku tomon
Qiynama ortiqcha azob bermasdan
Qo’y endi yashirma xumor ko’zingni
Azobli ishq bilan birga yurmasdan
Vafoga ranjitib qo’yma o’zingni
* *
* * *
*
Yurak so’ zlarimni yozmoqda qalam
Qanchasi dardli-yu, qanchasi alam
Qay biri uradi ertaroq tug’yon
Tug’yonga sherikdir dardli bir hijron.
Berilgan dardlaring dardimga darmon
Sog’inchli ko’zlaring qalbimga armon
Sevish sevilishdan ortiqmas hamon
Agar sevib qolsang sevilish yomon.
Комментариев нет:
Отправить комментарий